Avvalroq, 2021 yil 20 mart kuni 2020-2021 o`quv yilining bahorgi ta`tilining birinchi kuni hisoblanishi haqida xabar qilgandik.
Hozirda yurtdoshlarimizdan bahorgi ta`til uzaytirildimi degan juda ko`plab savollar kelib tushmoqda. Mazkur savolga javoban Xalq ta`limi vazirligi bahorgi ta`til 28 martgacha davom etishi, 4-chorakning ilk kuni 29 mart ekanligini yana bir bor ma`lum qiladi.
Shuningdek yurtimizdagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda gibrid shakldagi ta`limga ruxsat etilganligini, qaysidir maktab yoki hududdagi epidemiologik vaziyatga qarab maktab karantinga yopiladigan bo`lsa, ushbu maktab o`quvchilari vaziyat barqarorlashguniga qadar vaqtincha ta`limni onlayn shaklda davom ettirishi mumkinligini eslatib o`tamiz.






