AsosiyJamiyat

Zangiotadagi shifoxonada 99 yoshli ayol koronavirusni уengdi

'Zangiotadagi shifoxonada 99 yoshli ayol koronavirusni уengdi'ning rasmi

Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasida 99 yoshli ayol koronavirusni уengdi. Bu haqda  Sog`liqni saqlash vazirligi  Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi ma`lum qildi.

Shu yilning 14 mart kuni Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 1922 yilda tug`ilgan fuqaro T. T. koronavirus tashxisi bilan olib kelingan.  

Bemorda o`tkazilgan PZR testi natijalari musbat chiqqan, rentgen tekshiruvlarida ikki tomonlama gidrotoraks suyuqlik aniqlangan.  

— Davolash jarayonida torakal jarrohlik yo`li bilan  bemorning o`pkasidan 10 kun davomida 4 marta, jami 2 litr suyuqli olindi, — deydi shifoxonaning reanimasiya bo`limi mudiri Dono Jo`lamanova. — Bemor kichik operasiyadan ham muvaffaqiyatli chiqdi, ikki hafta davomida intensiv davo muolajalari o`tkazildi. Shu tarzrda bemorning ahvoli ijobiy tomonga o`zgara boshladi. Nihoyat, muolajalardan so`ng olingan PZR testi  manfiy natijani ko`rsatdi.  

Bundan tashqari, bemorda hamroh kasalliklar ham mavjud bo`lgan.  Bemordagi yurak etishmovchiligi asoratlari ham tezda bartaraf etildi.  

Shunday qilib, shifokorlarimizning to`g`ri tanlangan tizimli muolajalari sabab 99 yoshli bemor onaxon koronavirusdan butkul sog`ayib, o`z uyiga ruxsat berildi.

    Boshqa yangiliklar