AsosiyJamiyat

Senat Raisi Olmazor tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi

'Senat Raisi Olmazor tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi'ning rasmi

25 mart kuni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbaeva Olmazor tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish, tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlarning borishi bilan tanishish maqsadida mazkur tumanda bo`ldi deya xabar berdi O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot xizmati.

Tashrif davomida hudud aholisi bilan uchrashib, ularning muammolarini o`rgandi.

Ta`kidlash joizki, tumanning 3-sektori hududida joylashgan “Vizir Nargiza” sanoat korxonasida hozirda 150 nafar xotin-qiz mehnat qilmoqda. Senat Raisi ularning mehnat sharoitlari bilan qiziqib, “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan suhbatlashdi.

Navbatdagi manzil – 2-sektor hududida faoliyat ko`rsatayotgan Milliy hunarmandchilik markazi. Parlament yuqori palatasi Raisi ushbu  markaz faoliyati bilan tanishib, milliy kashtachilik sirlarini o`rganayotgan xotin-qizlar bilan suhbatlashdi. Qolaversa, ularning tashvishlari va muammolari bilan qiziqdi.

Bundan tashqari, Senat Raisi T.Narbaeva tumanning 3-sektorida joylashgan ko`p qavatli uyning erto`lasida ochilgan yangi tikuvchilik sexi faoliyati bilan ham tanishdi. Ahamiyatlisi, ushbu sex qoshida o`quv markazi faoliyat ko`rsatmoqda. Uning bitiruvchilari shu erning o`zida ish bilan ta`minlanadi.

Shu bilan birga, Senat Raisi 1-sektor shtabi faoliyati va “Shodiyona” mahallasida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlarni ko`zdan kechirdi.

Shuningdek, parlament yuqori palatasi Raisi T.Narbaeva xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari bilan uchrashdi. Unda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda mahalliy Kengashlarning o`rniga e`tibor qaratildi. Qolaversa, deputatlar faolligini oshirish muhimligi qayd etilib, bu borada zarur taklif va tavsiyalar bildirildi.

 

    Boshqa yangiliklar