O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekistonda iliq va nam havo saqlanib turadi. Respublika bo`yicha ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Qoraqalpog`istonda va Xorazm viloyatida yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo 17-22° iliqgacha isiydi.
Poytaxtimizda havo o`zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Havo harorati 18-20° iliqni tashkil etadi.
Respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi, tuman tushishi mumkin. Qor ko`chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 7-12° iliq bo`ladi.
2021 yil 27 martdan 30 martgacha respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida SEL KELIShI XAVFI MAVJUD.






