AsosiyJamiyat

Farg`onada “Nexia-2”ning beton to`siqqa urilishi natijasida voyaga etmagan yo`lovchi vafot etdi

'Farg`onada “Nexia-2”ning beton to`siqqa urilishi natijasida voyaga etmagan yo`lovchi vafot etdi'ning rasmi

23 mart kuni fuqaro N.J. ismli “Nexia-2” rusumli avtomashinasini Farg`ona viloyati Dang`ara tumani Chinobod qishlog`i hududida boshqarib ketayotib, avtomashina boshqaruvni yo`qotib, yo`l chetidagi beton to`siqqa urilishi oqibatida, avtomashinada bo`lgan yo`lovchi voyaga etmagan T.M. tan jarohati olib, shifoxonada vafot etdi. Bu haqda "darakchi.uz"ga viloyat IIB Axborot xizmati xabar qildi. 

Mazkur holat yuzasidan Dang`ara tumani IIB huzuridagi tergov bo`linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari davom etmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar