AsosiyJamiyat

Davlat bojxona qo`mitasining ma`lum qilishicha 1 apreldan...

'Davlat bojxona qo`mitasining ma`lum qilishicha 1 apreldan...'ning rasmi

Tashqi savdo shartnomalari ma`lumotlarini shakllantirish va TSOYaEATga joylashtirish uchun xizmat qiluvchi “e-Kontrakt” dasturiy ta`minotini Davlat bojxona qo`mitasi tomonidan qo`llab-quvvatlash yuzasidan tegishli tashkiliy-texnik tadbirlarni amalga oshirish ishlari 2021 yil 1 apreldan to`xtatilishi ma`lum qilinadi. Bu haqda O`zbekiston Davlat bojxona qo`mitasining matbuot xizmati ma`lum qildi.

Shuningdek, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida joriy etilgan “Tashqi iqtisodiy faoliyatga tegishli kontrakt (shartnomalar) ma`lumotlarini Tashqi savdo operasiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritish” interaktiv xizmati mazkur portalning “Bojxona” bo`limidan “Investisiya va savdo” bo`limiga o`tkaziladi.

Asos: O`zbekistan Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 apreldagi “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to`g`risida” PQ-4699-son qarorining 13-bandi.

    Boshqa yangiliklar