AsosiyJamiyat

28 martdan "Urganch – Istanbul – Urganch" yo`nalishida yangi aviaqatnov yo`lga qo`yiladi

'28 martdan "Urganch – Istanbul – Urganch" yo`nalishida yangi aviaqatnov yo`lga qo`yiladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmatining xabariga ko`ra, "Uzbekistan Airways"  28 mart sanasidan Urganch – Istanbul – Urganch yo`nalishida yangi muntazam qatnovni yo`lga qo`yadi

Mazkur yo`nalishda parvoz haftaning har yakshanba kunlari quyidagi jadval asosida bajariladi:

  • HY 279 Urganch – Istanbul 09:30/11:50  
  • HY 280 Istanbul – Urganch 13:20/19:05  

Aviachiptalarni kompaniyaning veb-saytida, "Uzbekistan airways sales" yoki aviakompaniya agentlarining ofislarida sotib olish mumkinnigi aytilmoqda.

Yo`lovchilar www.uzairways.com sayti orqali aviakompaniya qatnovlariga onlayn-ro`yxatdan o`tish xizmatidan foydalanishlari mumkin.

️Onlayn ro`yxatdan o`tish parvozdan 24 soat oldin ochiladi va 120 daqiqa oldin yopiladi.

 Ma`lumot uchun quyidagi telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin:  +998 78 140 02 00

 

 

 

 

    Boshqa yangiliklar