1

Ohangaronda xorijiy korxona hisob raqamidan 329,4 mln so`mni "echib olgan" bosh hisobchiga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi

Jinoyat 27.03.2021, 15:08
Ohangaronda xorijiy korxona hisob raqamidan 329,4 mln so`mni "echib olgan" bosh hisobchiga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi

Bosh hisobchining jinoyati Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ohangaron shahar bo`limi tomonidan “R.T.” MChJ shaklidagi xorijiy korxonaning murojaatiga asosan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlangan. 

Korxonaning sobiq bosh hisobchisi M.D. korxona rahbarining xabardorligisiz, bank klient dasturidan foydalangan holda elektron kalit orqali korxonaning bankdagi hisob raqamidan asossiz ravishda ish haqi, kreditlarni so`ndirish va boshqa moliyaviy operasiyalarni amalga oshirib, 329,4 mln so`m mablag`larini o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.  

Mazkur holat yuzasidan M.D.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1