Ushbu halokat joriy yilning 27 mart kuni soat 08:30larda, Sirdaryo viloyati, Guliston shahar, Bog`ishamol MFY hududida joylashgan avtotransport vositalariga gaz to`ldirish shahobchasida sodir bo`lgan. Bu haqda IIV YHXBB Axborot xizmati xabar berdi.
Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, fuqaro N.Q.ga tegishli bo`lgan "Damas" avtomobili gaz to`ldirish shahobchasida to`xtab turgan bo`lgan. Portlashga avtomobilning gaz ballonida sodir bo`lgan chaqnash sabab bo`lgan.
Hodisa natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo`qligi aytilmoqda.
Mazkur holat yuzasidan Guliston shahar IIO FMB YHXB va FVB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilib, chaqnash yuzaga kelish sabablariga oydinlik kiritilmoqda.






