AsosiyJamiyat

Sirdaryoda yuk mashinalari ishtirokida avtohalokat sodir bo`ldi (video)

'Sirdaryoda yuk mashinalari ishtirokida avtohalokat sodir bo`ldi (video)'ning rasmi

Yuk mashinalari ishtirokida sodir bo`lgan avtohalokat joriy yilning 27 mart kuni soat 13:30larda, Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumani hududidan o`tgan M-34 avtomobil yo`lining 84-kilometrida sodir bo`lgan.

IIV YHXBB Axborot xizmati bergan dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, 1992 yilda tug`ilgan haydovchi S.Ya. boshqaruvidagi "Kamaz-5410"  hamda 1985 yilda tug`ilgan haydovchi Z.X. boshqaruvida bo`lgan "Mercedes-Benz" rusumli yuk avtomobillari ishtirokida to`qnashuv sodir bo`lgan. Zarb oqibatida "Kamaz-5410" rusumli yuk avtomobili ag`darilgan.

To`qnashuv natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo`q. 

Mazkur hodisa yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilib, to`qnashuv yuzaga kelish sabablariga oydinlik kiritish va YTH sabab yuzaga kelayotgan tirbandliklarni bartaraf etish choralari ko`rilmoqda. 

 

    Boshqa yangiliklar