AsosiyJamiyat

Toshkentda pulli parkomatlar tashkil etish bo`yicha qaror loyihasi e`lon qilindi

'Toshkentda pulli parkomatlar tashkil etish bo`yicha qaror loyihasi e`lon qilindi'ning rasmi

"Toshkent shahri markaziy ko`chalarida pulli avtomobil to`xtash joylarini tashkil etish bo`yicha eksperimentni amalga oshirish to`g`risida" O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qaror loyihasi e`lon qilindi.

Qaror loyihasmga imlova qilingan Nizomga ko`ra, parkomat bu – shahar ko`chalarida va yo`llar bo`ylab pulli avtomobil to`xtash joylarida maxsus jihozlangan va yo`l belgilar va yo`l chiziqlari bilan belgilangan, avtomobil to`xtash joyida muayyan vaqtga avtomobilni joylashtirish vaqtini o`lchash uchun mo`ljallangan, pulli to`xtash joyi hisoblagichi bo`lgan mexanik, elektron yoki avtomatik moslama. 

Hokimlik tomonidan tashkil etilgan parkomatlarda pulli avtomobil to`xtash joyiga joylashtirish narxlari aholining zichlik darajasi va shahar ko`chalarining qatnov qismlarini o`tkazish qobiliyatini hisobga olgan holda hokimlik tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan narxlarni belgilash me`zonlari va tartibiga asosan belgilanadi.

Narxlarni belgilash me`zonlari va tartibi O`zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasining hududiy boshqarmalari bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.

Davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan parkomatlarda avtomobil to`xtash joyiga joylashtirish narxi va eng kam hisob-kitob vaqti davlat-xususiy sheriklik shartnomasiga asosan belgilanadi.

Parkomatdan foydalanganlik uchun haq to`lash avtomobil to`xtash joylari talonlari va (yoki) shartnoma asosida naqd va naqd bo`lmagan shaklda amalga oshiriladi.

Haq to`lash uchun foydalanuvchi avtomatik elektron to`lash texnik vositalaridan foydalanishi mumkin bo`ladi.

Foydalanuvchi parkomatlardan foydalanganlik uchun to`lovni oldindan shartnoma asosida naqd va naqd bo`lmagan shaklda elektron tizimlari yoki mobil ilovalar yordamida amalga oshirishi lozim. Bunda foydalanuvchi parkomat o`rnatilgan joydan 10 daqiqa mobaynida bepul foydalanish huquqiga ega bo`ladi.

To`lovni amalga oshirishda foydalanuvchi avtomobilning davlat raqami, avtomobil to`xtash joyiga kelgan sanasi va vaqtini, to`xtash joyi nomini (raqamini), avtomobilni qancha muddatga joylashtirishini ko`rsatadi.

Foydalanuvchi parkomatdan foydalanishi uchun oldindan avtomatik ravishda avtomobil to`xtash joyi talonini oladi.

Talonda avtomobilning davlat raqami, foydalanuvchi parkomatga kelgan sanasi va vaqti ko`rsatiladi. Bu avtomobilni vaqtinchalik joylashtirish uchun foydalanuvchi va parkomatning egasi o`rtasida tuzilgan ommaviy shartnoma hisoblanadi.

Foydalanuvchi avtomobilni saqlash uchunparkomatda to`langan muddat o`tgandan so`ng avtomobilni olib chiqib ketishi yoki keyingi muddatga to`lovni o`rnatilgan tartibda amalga oshirishi kerak bo`ladi.

Foydalanuvchi avtomobil to`xtash joyi talonini qo`liga olgach, uni avtomobil asboblar panelida nazoratchi ko`rishi uchun qulay joyga qo`yishi shart bo`ladi. Avtomobil to`xtash joyi taloniga pulli avtomobil to`xtash joyi uchun to`langan vaqt haqida axborot (avtomobil to`xtash joyi narxi – 1 soat, 1 soat 30 daqiqa va hokazo), talondan foydalanilgan sana va vaqt kiritilgan bo`lishi kerak.

Parkomatlardanpulli foydalanish vaqti hokimlik tomonidan belgilanadi.

Davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan parkomat ish rejimi hamda daromadlarning (foydaning) taqsimlanishi davlat-xususiy sheriklik to`g`risidagi bitimda kelishilgan tartibda belgilanadi.

Parkomatlardan bepul foydalanish huquqi faqat I yoki II guruh nogironligi bo`lgan shaxslar boshqarayotgan old va orqa oynalariga “7.17” yo`l belgisi tasviri tushirilgan avtomobillarga hamda maxsus (Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Favqulotda vaziyatlar vazirligi, yong`in xavfsizligi xizmati, tez tibbiy yordam) avtomobillarga ular bevosita avtomobil to`xtash joyi hududida o`z xizmatlarini o`tayotgan vaqtda beriladi.

 Shuningdek, loyiha Nizomida parkomatlardan foydalanish tartibi, nazoratchi va foydalanuvchining huquq va majburiyatlari belgilab berilgan.


 

    Boshqa yangiliklar