O`zbekiston Gidrometeorologiya xabariga ko`ra, bugun, 28 mart kunduz kuni O`zbekiston hududiga Kaspiy dengizi orqali Kavkaz hududlari ustida shakllangan nam va salqin havo massalari kirib keladi. Yomg`ir yog`ishi, ba`zi joylarda kuchli bo`lishi kutilmoqda, momaqaldiroq bo`lishi mumkin, Qoraqalpog`istonda, Xorazm viloyatida ba`zi joylarda biroz yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba`zida esa 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 13-18° iliqni tashkil etadi.
Poytaxtimizda kunduzi yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 13-15° iliq atrofida bo`ladi.
Respublikaning tog`li hududlarida yog`ingarchilik (yomg`ir, qor), ba`zi joylarda kuchli bo`ladi, tuman tushishi mumkin. Qor ko`chishi xavfi bor.Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba`zida esa 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3-8° iliq bo`ladi.






