Internet ijtimoiy tarmoqlarida baliqlarning noma`lum kasallik oqibatida nobud bo`layotganligi haqidagi xabarlarga aniqlik kiritish maqsadida “O`zbekbaliqsanoat” uyushmasi mutasaddi rahbarlari tomonidan o`rganish ishlari olib borilgan.
Toshkent viloyati hududida joylashgan baliqchilik xo`jaligida etishtirilayotgan baliqlarda kasallikka uchrash va nobud bo`lish holatlari haqiqatdan ham mavjudligi aniqlandi.
Mazkur kasallik avvaldan mavjud bo`lgan saprolegnioz kasalligi bo`lib, uni keltirib chiqaruvchi bir qancha sabablari mavjud.
Hozirda Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti mutaxassislari va baliqchilik sohasida yuqori tajribaga ega mutaxassislar bilan maslahatlashgan holda suv havzasida ushbu kasallikning kelib chiqish sabablarini o`rganish va uni bartaraf etish maqsadida amaliy ishlar olib borilmoqda.
Olib borilayotgan amaliy jarayonlarning natijalari yuzasidan ma`lumotlar taqdim etib boriladi.






