AsosiyJamiyat

Sirdaryodagi yong`in chiqqan o`rmonda 150 gektarga yaqin maydon yonib ketgan

'Sirdaryodagi yong`in chiqqan o`rmonda 150 gektarga yaqin maydon yonib ketgan'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo viloyatidagi "Qolgansir" o`rmon-ov xo`jaligi erlari sun`iy ravishda yoqib yuborilayotganligi to`g`risidagi xabarlar tarqalgan edi.   

Ma`lum qilinishicha, holat Sirdaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan joyiga chiqib o`rganilgan. 

Joriy yil 19 mart kuni "Qolgansir o`rmon-ov xo`jaligi" maydonining 147,2 gektar maydonida yong`in sodir bo`lgan. Qattiq yomg`ir yog`ganligi sababli yong`in  o`sha kunning o`zida o`chgan.  

Hozirgi kunda ushbu holat yuzasidan Sirdaryo viloyat Ichki ishlar bo`limi tomonidan yong`in chiqish sabablari va etkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.  

 

    Boshqa yangiliklar