G`uzor tumani “Sovbog`” MFYda yashovchi P.M va G`uzor tumani “Buyuk Karvon yo`li” MFYda yashovchi X.N.lar o`zaro jinoiy til biriktirib, bir guruhga birlashib, Qoraqalpog`iston Respublikasi Ellikqala tumani “Sarabiy” MFYda yashovchi A.A va oliy ma`lumotga ega bo`lishni istagan jami 13 nafar fuqarolarning ishonchiga kirib, ularni “Qarshi infokommunikasiya” nodavlat institutiga o`qishga qabul qilish hamda oliy ma`lumotga ega bo`lishgani haqida diplom berishni va`da qilib, fuqarolardan aldov yo`li bilan jami 18.100 AQSh dollar pullarni olib, o`zlarining bu jinoiy harakatlarini yashirish maqsadida ularga qalbaki diplom va “Talabalik guvohnoma”lari tayyorlab berishgan. Bu haqda Qashqadaryo viloyati IIB xabar bermoqda.
Mazkur xolat yuzasidan O`z.R JKning 168-m 4-q “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.