“O`ztemiryo`lyo`lovchi” aksiyadorlik jamiyati o`z mijozlari uchun Android va iOS operasion tizimining platformasi asosida mobil ilovalarni ishlab chiqib, bugun 23 fevraldan mobil ilovalarni ishga tushirmoqda, deb xabar beradi “O`ztemiryo`lyo`lovchi” AJ matbuot xizmati.

Dasturning asosiy xususiyatlari bu temir yo`l chiptalarini on-layn xarid qilish qobiliyatini o`z ichiga oladi. Shu bilan birga, ushbu ilova foydalanuvchilarga poezdlar jadvalidagi o`zgarishlar haqidagi ma`lumotlarni, shuningdek temir yo`l transporti sohasidagi yangiliklar bilan tanishish imkoniyatini beradi.
Temir yo`l chiptalarini sotib olish jarayonida “UzCard” tizimi to`lov mexanizmi sifatida qo`llaniladi.
Ilovani “O`ztemiryo`lyo`lovchi” AJ rasmiy saytida yuklab olish mumkin.





