Surxondaryo viloyati Adliya boshqarmasi tomonidan «Abu Hanifa» jome masjidi ro`yxatdan o`tkazilib, uning ro`yxatdan o`tkazilgani to`g`risidagi guvohnoma diniy tashkilotga topshirildi. Bu haqda Din ishlari bo`yicha qo`mita matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma`lumot uchun, Surxondaryo viloyatidagi masjidlar soni 119 taga etdi. O`zbekistonda esa masjidlarning umumiy soni 2087 taga etdi