Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidagi kichik sanoat zonasi sexida 2 aprel kuni yong`in sodir bo`ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, yong`in soat 14:34 da poyabzal ishlab chiqarish sexida kelib chiqqan. Shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 5 ta o`t o`chirish va qutqaruv brigadasi 3 daqiqadan kamroq vaqt ichida yong`in sodir bo`lgan joyga etib borgan. Taxminan 200 metr/kvadrat maydonni qamrab olgan yong`in 40 daqiqadan kamroq vaqt ichida to`liq o`chirilgan. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo`q.
Shuningdek, Toshkent viloyati Zangiota tumanida ham soat 14:51 da yong`in sodir bo`lib, 300 metr/kvadrat maydonni qamrab olgan. Deraza va eshik ishlab chiqarish sexida kelib chiqqan yong`in 15:45 da to`liq bartaraf qilingan, hech kim jabrlanmagan.