1

Kun hikmati

Mutolaa 23.02.2016, 15:33
Kun hikmati

Yoki ilmli bo`l, yoki ilmga tayanib ish tutadigan bo`l, loaqal ilmni tinglab eshitadigan bo`l, ammo to`rtinchisi bo`lma, chunki kasodga uchrab halok bo`lasan.

***
Odamning umri avvalida qilgan ishlari umrining oxiridagi ishlariga ham dalolatdir.
***
Bamisoli tumov kishi gulning hidini sezmaganidek, ahmoq kishi hikmat lazzatini bilmaydi.
***
Kimki o`z nafsi-balosiyu, orzu-havasi domiga tushib qolsa, u beshak o`zini-o`zi chuqur qa`riga tashlagani muqarrar.
***
Agar biror qayg`u-alam yuz bergani yoki ta`ziyali joyni eshitsang, darhol o`sha erga bor. Agar ziyofatu mehmondorchilikka chaqirilsang, unda o`zing o`ylab ish tut.
***
Pora faqat nohaqligu zolimlarga yordam berguvchidir.
***
Quyosh nurlarini berkitib bo`lmaganidek, haqiqatning chirog`ini ham so`ndirib bo`lmaydi.
***
Taniqlig-u sharafing otangdandir, mehribonlik, mushfiqlik onangdandir.
***
Vijdonli kishi xavfdan holi yashasa, xiyonat qiluvchi kishi behalovat yashaydi.

Mahmud az-Zamaxshariy

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1