1

Toshkentda “Matiz”ga yashirilgan 6,8 kilogramm giyohvand modda topildi

Jinoyat 05.04.2021, 21:57
Toshkentda “Matiz”ga yashirilgan 6,8 kilogramm giyohvand modda topildi

Respublikamiz bojxonachilari tomonidan giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi qaratilgan tezkor tadbirlar muntazam davom ettirilmoqda. 

Davlat bojxona qo`mitasining Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo`limi xodimlari tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati vakillari bilan hamkorlikda poytaxtimizning Sergeli tumanida tezkor tadbir o`tkazildi. 

Tezkor tadbirda avvaldan kuzatuvga olingan fuqaro R.T. boshqaruvidagi “Matiz” rusumli avtotransport vositasi to`xtatilib, xolislar ishtirokida ko`zdan kechirildi. Ko`zdan kechirish davomida avtomobilda yo`lovchi sifatida ketayotgan fuqaro A.D.ga  tegishli bo`lgan bir dona qog`oz quti borligi aniqlandi.

Mazkur quti belgilangan tartibda ochib ko`rilganida esa, uning ichidagi 
5 dona skotchlangan o`ramlarda narkotik moddalar yashirilganligi fosh bo`ldi. 

Ekspertiza xulosasiga ko`ra mazkur o`ramlardagi narkotik moddalar 3 kg. 928 gr. og`irlikdagi “opiy” hamda 2 kg. 873 gr. og`irlikdagi “gashish” giyohvandlik vositalari ekanligi aniqlandi. 

Shunday qilib, tezkor tadbir davomida qonunbuzar shaxsdan jami og`irligi 6 kg. 800 gr.dan ziyod bo`lgan narkotik moddalar olib qo`yildi. 

Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

Raqamlarga murojaat qilsak, 2021 yilning o`tgan davri mobaynida respublikamiz bojxonachilari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda aniqlangan 124 ta qonunbuzarlik holatlarida og`irligi 65 kg.dan ziyod giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo`yilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1