1

Fuqaroga soxta kadastr hujjatlarini tayyorlab bergan sobiq mutaxassisning qilmishi fosh bo`ldi

Jinoyat 06.04.2021, 21:06
Fuqaroga soxta kadastr hujjatlarini tayyorlab bergan sobiq mutaxassisning qilmishi fosh bo`ldi

Buxoro viloyatida uqaroga soxta kadastr hujjatlarini tayyorlab bergan sobiq mutaxassisning qilmishi fosh bo`ldi. Bu haqda Prokuratura huzuridagi Departament ma`lum qildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jondor tuman bo`limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruv o`tkazgan.

Tekshiruvda aniqlanishicha, Er tuzish va ko`chmas mulk kadastr davlat korxonasi Jondor tuman filiali sobiq mutaxassisi A.Q. fuqaro G.ning “Dalmunobod” MFYda joylashgan 6 sotix er maydonida noqonuniy qurilgan uy-joyini hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga 300 AQSh dollarini olib, soxta kadastr hujjatlarini tayyorlab berganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan A.Q.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 28, 211-moddasi (pora berish) va 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1