Yoshlar ijod saroyida “Kamolot” stipendiyasi ko`rik-tanlovi sovrindorlarini taqdirlash marosimi o`tkazildi.
Oliy ta`lim muassasalari talabalari o`rtasida o`tkazib kelinayotgan “Kamolot” stipendiyasi faol, bilimli va iqtidorli yigit-qizlarni rag`batlantirishda muhim omil bo`lmoqda. Bu yilgi tanlovda mamlakatimizdagi barcha oliy ta`lim maskanlarining uch yuzdan ziyod bakalavriat, magistratura bosqichida tahsil olayotgan iste`dodli talabalari ishtirok etdi. Etmish besh iqtidorli talaba stipendiya sovrindoriga aylandi.
Tadbir davomida “Kamolot” sening harakating” nomli videorolik namoyish etildi. Vatan, yoshlikni madh etuvchi kuy-qo`shiqlar yangradi.





