1

Qashqadaryoda bosqinchilik bilan qo`lga kiritgan pullarga onasi va qayinonasiga tilla taqinchoqlar sovg`a qilgan yigitlar qo`lga olindi

Jinoyat 07.04.2021, 14:55
Qashqadaryoda bosqinchilik bilan qo`lga kiritgan pullarga onasi va qayinonasiga tilla taqinchoqlar sovg`a qilgan yigitlar qo`lga olindi

Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, 2021 yilning 10 yanvar soat 21:15 larda  Qarshi tumani, “Ko`chkak” MFY, Tinchlik ko`chasida yashovchi M.Pning hovlisiga qo`llariga qo`lqop, boshiga qora shapka kiyib, yuzlariga niqob taqqan noma`lum odamlar devordan oshib kirishadi. 

Uyda bo`lgan M.P va uning qizi K.Fga “Rossiyadan kelgan pul qani” deb, ularga hujum qilib, zo`rlik ishlatib, qo`llarini qayirib erga yiqitib, ularga qarshilik qilgan K.Fni yuz, ko`z va boshiga bir necha marta mushtlab urishadi. Ayollar ro`moli qo`l va oyoqlarini bog`lab, og`zlarini skotchlashadi. Ularga pul bermasa o`ldirib ketish bilan tahdid qiladi. Xonadagi qulf  seyfni ochdirib, ichidan 3.200 AQSh dollar, 5 mln so`m pullarini hamda 4 dona turli xildagi tilla taqinchoqlarini bosqinchilik yo`li bilan qo`lga kiritib, hodisa joyidan yashiringanlar.

Mazkur holat yuzasidan 10.01.2021 yilda Qarshi tumani IIB huzuridagi TB tomonidan ularga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 164-moddasi 3-kismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasiga yuborilgan.

Jinoyat ishi yuzasidan olib borilgan tezkor surishtiruv va dastlabki tergov harakatlari davomida, Qarshi shahar, Bo`ston MFY, Bo`ston ko`chasida yashovchi X.A mazkur jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinib, guvoh tariqasida so`roq qilingan va uning ko`rsatmalari asosida hodisa sodir bo`lgan joy tekshirilgan. Mazkur jinoyatni Qarshi shahar, Kamandi MFY, Ma`rifat ko`chasida yashovchi E.X va Qarshi shahar, Bo`ston MFY, Toshqo`rg`onda yashovchi B.Shlar bilan birgalikda sodir etganini, bosqinchilik yo`li bilan qo`lga kiritilgan pullarga 900.000 so`mga 1 dona Redmi rusumli telefon apparati sotib olganini bildirgan va ushbu telefon apparati hujjatlashtirib olingan.

Mazkur jinoyat ishi bo`yicha E.X guvoh tariqasida so`roq qilinganda, u mazkur jinoyatni tanishlari X.A va B.Shlar bilan birgalikda sodir etganligini, bosqinchilik yo`li bilan qo`lga kiritilgan AQSh dollaridan   400 dollarini so`mga ayriboshlab, bir dona tilla zanjir sotib olgan va  uni Koson tumanida yashovchi qaynonasi B.Mga berganligini aytgan, M.B kuyovi E.X olib bergan 1 dona tilla zanjirni o`z ixtiyori bilan taqdim qilgan va tegishli tartibda hujjatlashtirilgan.

Sh.B guvoh tariqasida so`roq qilinganda, u mazkur jinoyatni X.A va X.Elar bilan birgalikda sodir etganini, bosqinchilik yo`li bilan qo`lga kiritilgan 1 dona tilla uzukni o`zining uyiga olib borib onasi D.Rning tilla taqinchoqlari turadigan qutichaga solib qo`yganini bildirgan.

Jinoyat ishi bo`yicha jabrlanuvchilar F.K va M.P 10.01.2021 yilda noma`lum shaxslardan tomonidan uylaridan bosqinchilik yo`li bilan qo`lga kiritilgan 4 dona tilla uzukning alohida belgilari yuzasidan qo`shimcha so`roq qilinib, Sh.Bning onasi D.R tomonidan taqdim qilingan 1 dona qizil ko`zli tilla uzuk 2 ta boshqa uzuklar bilan birgalikda jabrlanuvchilarga videotasvirga tushirish orqali tanib olish uchun ko`rsatilganda,takdim qilingan  1 dona qizil ko`zli tilla uzuk ular  tomonidan tanib olingan.

7.04.2021 yil soat 1:40 da Sh.B va shu kuni soat 02:20 da E.X O`zbekiston Respublikasi JKning 164-moddasi 3-qismi “v” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinuvchi tariqasida O`zbekiston Respublikasi JPKning 227-moddasi tartibida ushlanib, Qarshi tumani IIB VSXga joylashtirilgan.

Hozirgi kunda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1