1

Qoraqalpog`istondagi maktab direktoriga “Prezident sovg`asi” — “Spark” avtomobili sovg`a qilindi(foto)

Jamiyat 07.04.2021, 16:25
Teglar: Spark, Qoraqalpog`iston
Qoraqalpog`istondagi maktab direktoriga “Prezident sovg`asi” — “Spark” avtomobili sovg`a qilindi(foto)

Qoraqalpog`iston Respublikasi Qo`ng`irot tumanidagi 39-umumta`lim maktabi o`quvchilari axborot texnologiyalaridan foydalanib, dasturlash bo`yicha yuqori ko`rsatkich qayd etgani uchun maktab direktori Seitkamol Eshmuratov «Bir million dasturchi» loyihasi doirasida Prezident sovg`asi «Spark» avtomobili bilan taqdirlangan.Bu haqda Xalq ta`limi va`zirligi Axborot xizmati xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, maktabning bir guruh pedagoglari “Bir million dasturchilar” loyihasi bo`yicha erishgan yutuqlari uchun Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligining “Xalq ta`limi a`lochisi” ko`krak nishoni va Xalq ta`limi vazirligining Faxriy yorlig`i hamda zamonaviy noutbuklari bilan taqdirlangan.  

Hozirgi kunga qadar Qoraqalpog`iston Respublikasida «Bir million dasturchi» loyihasi doirasida 25 mingdan ortiq o`quvchilar ro`yxatdan o`tib, zamonaviy dasturlash yo`nalishlarini o`rganishmoqda, 10 162 nafar bitiruvchi sertifikatlarni qo`lga kiritgan. Shundan Qo`ng`irot tumanidagi 39-son maktabida tahsil olayotgan 1 074 nafar o`quvchining 820 nafar (76 foiz) bitiruvchisi sertifikatga ega.

Ta`kidlash joizki, ayni paytda Qoraqalpog`iston Respublikasida jami 727 ta umumta`lim maktabi faoliyat yuritadi. Hozirda 416 ta maktab zamonaviy kompyuter texnikasi bilan ta`minlangan, 642 ta (88%) umumta`lim maktablariga optik tola tortilgan va 563 tasi internetga ulangan.

Sharhlar

Qoraqalpog`istonda "Nexia-3" va yuk mashinasi ishtirokida dahshatli YTH sodir bo`ldi, 5 odam halok bo`lgan (video)

06.02.2023, 13:36

Qoraqalpog`iston Respublikasi Qo`ng`irot tumanida Nexia-3 va yuk mashinasi ishtirokida oxiri o`lim bilan yakunlangan YTH sodir bo`ldi. Bu haqda Qoraqalpog`iston IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.Ma`lum qilinishicha,...
Norov Qoraqalpog`istondagi tartibsizliklar paytida ko`rsatgan yordami uchun Rossiyaga minnatdorlik bildirdi

12.07.2022, 13:48

O`zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Qoraqalpog`istondagi tartibsizliklar paytida Rossiyaga respublikani qo`llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirdi. Bu haqda Rossiya TIV bayonot berdi, deya yozmoqda Ria NOVOSTI."Rossiya...
Qoraqalpog`istonda bir guruh yigitlar 20 yoshli qizni olib qochdi (video)

06.02.2022, 11:27

Ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpog`istonda 4 fevral kuni bir guruh yigitlar 20 yoshli qizni kuch ishlatib, olib qochgani aytilgan video tarqaldi.Qoraqalpog`iston Respublikasi IIV Axborot xizmatining xabar berishicha,...
28,5 million so`m kredit bilan biznes boshlagan qoraqalpoq tadbirkori “Yil ayoli”ga loyiq topildi

25.12.2021, 22:03

Bir qadar mahzun, kontrastlarga boy, ammo toshni yorib chiqqan maysadek umidbaxsh “Tengiz” filmini ko`pchilik tomosha qilgan. Tengiz obrazi prototopi Manzura Erniyazova esa Qoraqalpog`istonning Mo`ynoq shahrida...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1