AsosiyJinoyat

Jizzaxda oshxona ishchisi 26 yoshli yigitni pichoqlab o`ldirdi

'Jizzaxda oshxona ishchisi 26 yoshli yigitni pichoqlab o`ldirdi'ning rasmi

Joriy yilning 04 aprel kuni Baxmal tumanidagi Kamar qishlog`i hududida joylashgan “K.I” MChJga qarashli umumiy ovqatlanish shahobchasining oshxonasida, ushbu MChJ ishchisi 1992 yilda tug`ilgan S.T tomonidan 1995 yilda tug`ilgan fuqaro A.N bilan o`zaro kelishmovchilik tufayli tortishib qolgan. 

Natijada S.T oshxona pichog`i bilan A.N.ning ko`krak qafasining orqa qismiga bir marotaba urib tan jarohati etkazgan. Bu haqda Jizzax viloyat prokuraturasi xabar bermoqda. 

Holat yuzasidan Baxmal tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan bo`lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Boshqa yangiliklar