1

Qashqadaryoda 11 nafar hamshaharini chuv tushirgan ona-bola firibgar qo`lga olindi

Jinoyat 07.04.2021, 19:57
Qashqadaryoda 11 nafar hamshaharini chuv tushirgan ona-bola firibgar qo`lga olindi

Shahrisabz tumani “Loliston” MFYda yashovchi ona X.Z. qizi T.I. bilan Shahrisabz shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli shifoxona va poliklinikalarga fuqarolarni ishga joylashtirishni va`da qilib 11 nafar hamshahrini chuv tushirdi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati ma`lum qildi.

 Ona-bola fuqarolar O. A.dan 300 AQSh dollari, X. M.dan 700 AQSh dollari, O.D.dan 300 AQSh dollari, X.Sh.dan 300 AQSh dollari, N.Sh.dan 700 AQSh dollari, K.K.dan 600 AQSh dollari, Yo.N.dan 300 AQSh dollari, Yu.S.dan 200 AQSh dollari, Q.M.dan 100 AQSh dollari, R.G.dan 500 AQSh dollari, B.N.dan 300 AQSh dollari, jami 11 nafar fuqarolardan 4300 AQSh dollarini olib, o`z ehtiyoji uchun sarflab yuborgan.

Bu kamlik qilganidek, T.I. 2021 yil 1 va 2 aprel kunlari Shahrisabz shahar Tibbiyot birlashmasi bosh shifokori va kotibasi hamda ko`p tarmoqli poliklinika bosh shifokorilariga telefon orqali o`zini mansabdor shaxs sifatida tanishtirib, “SMS” xabar yozib, yuqoridagi fuqarolarni ism- familiyasini yozdirib, ishga qabul qilishini talab qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Shahrisabz shahar IIB TB tomonidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1