AsosiyJamiyat

“Paxtakor” ning 35 nafar a`zosi nazorat ostida kuzatib qo`yildi, ikki kishi IIBga olib kelindi". “Navbahor” - “Paxtakor“ o`yinidagi holat bo`yicha rasmiy ma`lumot berildi

'“Paxtakor” ning 35 nafar a`zosi nazorat ostida kuzatib qo`yildi, ikki kishi IIBga olib kelindi". “Navbahor” - “Paxtakor“ o`yinidagi holat bo`yicha rasmiy ma`lumot berildi'ning rasmi

Kecha, 7 aprel kuni Namangan shahar “Navbahor” o`yingohida “Navbahor” va “Pahtakor“ futbol jamoalari o`rtasida 5-davra uchrashuvi o`tkazildi. Avval xabar qilinganidek, uchrashuv katta noroziliklar bilan yakunlanib, muxlislar tomonidan turli harakatlar amalga oshirilgan. Holat yuzasidan Namangan viloyati IIB rasmiy ma`lumot berdi. 

Ma`lum qilinishicha, uchrashuv soat 18:30da boshlanib, soat 20:25 da (qo`shib berilgan vaqt hisobiga) tugadi. O`yingohga jami 15800 nafardan ortiq muhlislar tashrif buyurdi.

Uchrashuv davomida, o`yinning so`nggi 89-daqaqisida “VAR” tizimi orqali “Navbahor” futbol jamoasi darvozasiga 11 metrlik penalti belgilanib, “1-2” hisobida “Paxtakor” futbol jamoasi g`alabasi bilan yakunlanganligi “Markaziy” o`yingohga to`plangan futbol ishqibozlarining keskin e`tirozlariga sabab bo`ldi.

O`yin yakunlangach, e`tiroz bildirayotgan tomoshabinlarga tushuntirish va targ`ibot ishlari olib borilib, tarqatish choralari ko`rildi.

Hakam, mehmon o`yinchilar va “Paxtakor” fan klubining 35 nafar a`zolari nazorat ostida Namangan shahridan kuzatib qo`yildi.

Mazkur uchrashuv davomida jamoat tartibi to`liq saqlanib, fuqarolar orasida hech qanday talofat yoki tan jarohat olish holatlariga yo`l qo`yilmadi.

Tomoshabinlar orasida faol e`tiroz bildirib, boshqalarga ta`sir o`tkazmoqchi bo`lgan 2 nafar futbol ishqibozi ajratib olinib, Davlatobod tuman IIBga olib kelindi hamda shaxsiga aniqlik kiritilib, tushuntirish ishlari olib borildi.

Xizmat mobaynida jamoat tartibini saqlashga jalb qilingan huquqni muhofaza qiluvchi barcha idoralar shaxsiy tarkibi orasida hech qanday tan jarohat olish holatlariga yo`l qo`yilmadi, deyiladi viloyat IIB Axborot xizmati xabarida.

    Boshqa yangiliklar