Avvalroq, Din ishlari bo`yicha qo`mita raisi Abdug`ofur Ahmedov lavozimidan ozod etilgani haqida xabar bergan edik.
"Yangi O`zbekiston" nashrining xabar berishicha, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo`yicha qo`mita raisi lavozimiga Toshboev Sodiq Donoqulovich tayinlandi.
S.Toshboev tayinlovga qadar Andijon viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo`yicha o`rinbosari lavozimida samarali faoliyat ko`rsatib kelgan.