AsosiyJamiyat

O`zbekistonda bu yil 7 794 ta qishloq va mahalla ta`mirlanadi

'O`zbekistonda bu yil 7 794 ta qishloq va mahalla ta`mirlanadi'ning rasmi

AOKAda bo`lib o`tgan brifingda Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vazirligi matbuot kotibi Saodat Boymirzaeva aholini ijtimoiy himoya qilish va sohaga oid qonunchilikdagi so`nggi o`zgarishlar haqida ma`lumot berdi.

“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlariga qaysi hududlar kiritiladi, buning aniq mezonlari qanday?

Ushbu dasturlar doirasida quyidagi mezonlar asosida qishloq va mahallalar ro`yxati shakllantiriladi va ushbu hududlardagi ijtimoiy infratuzilma muammolari o`rnatilgan tartibda bartaraf etiladi:

  • birinchisi, olis va iqlimi og`ir hududdaligi;
  • ikkinchisi, xalq qabulxonalari va hokimliklarga aholi tomonidan yo`l transport tuzilmasi, muhandislik-kommunikasiya tarmoqlari va  ijtimoiy soha ob`ektlari bo`yicha kelib tushgan murojaatlar soni;
  • uchinchisi, aholi va tadbirkorlar o`zlari istiqomat qilayotgan yoki  joylashgan qishloq va mahalla hududini birgalikda obodonlashtirish yuzasidan tashabbuslarining mavjudligi;
  • to`rtinchisi, hududning “Turizm mahallasi”, “Turizm qishlog`i” yoki “Turizm ovuli” maqomiga egaligi;

Qarorga ko`ra, joriy yilda mazkur toifalarga kiruvchi 7 794 ta qishloq va mahallalarda qurilish, ta`mirlash va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish ko`zda tutilgan.

Shuningdek, 710 ta mahalla binosi, 114 ta mahalla guzari quriladi va ta`mirlanadi.

Joriy yilning yanvar oyidan boshlab, mamlakatimizdagi sharoiti og`ir, ko`p millatli, eng olis va chegara hududlarida joylashgan, ijtimoiy ahvoli og`ir bo`lgan 968 ta qishloq va mahallalarda obodonlashtirish ishlari amalga oshirilayapti.

Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vazirligi va hududiy hokimliklar tomonidan aholiga qulayliklar yaratish maqsadida, yangi tashkil etilgan aholi yashash mavzelari hamda mavjud mahallalarda oilalar va fuqarolar sonining ko`payishi natijasida qator mahallalar tashkil etildi.

Joriy yilning 15 mart holati bo`yicha mahallalar  soni 31 taga ko`payib, respublika bo`yicha jami fuqarolar yig`inlari soni

9 199 taga etdi. Ularning:  8 900 tasi mahalla fuqarolar yig`ini; 161 tasi ovul fuqarolar yig`ini; 95 tasi qishloq fuqarolar yig`ini; 43 tasi shaharcha fuqarolar yig`inlaridan iborat. 

Boshqa yangiliklar