Avvalroq, Sergeli er usti metrosida poezd yarim yo`lda to`xtab qolgani haqida xabar berilgan edi.
"Toshshahartransxizmat" Aksiyadorlik jamiyatining xabar berishicha, 2021 yil 8 aprel kuni Toshkent metropolitenining Chilonzor yo`nalishi Sergeli qismida texnik nosozlik kelib chiqganligi tufayli metropoliten harakati vaqtinchalik to`xtatilganligi munosabati bilan, metropolienning Olmazor stansiyasidan Qipchoq stansiyasigacha bo`lgan oraliqda vaqtinchalik avtobus yo`nalishi harakati yo`lga qo`yildi. Ushbu yo`nalishda 4, 7, va 12-avtobus saroylari tomonidan vaqtinchalik avtobuslar xizmat ko`rsatmoqda.
Mazkur vaqtinchalik tashkil etilgan yo`nalishdan yo`lovchilarimiz bepul foydalanishlari mumkin bo`ladi.
"Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so`raymiz",– deyiladi "Toshshahartransxizmat" axborotida.






