AsosiyJamiyat

Sirdaryoda uch nafar egizak dunyoga keldi

'Sirdaryoda uch nafar egizak dunyoga keldi'ning rasmi

Shirin shaharidagi Mirzo Ulug`bek mahalla fuqarolar yig`inida yashovchi Adham Aliev va Zilola Ravshanovalar xonadonida uch nafar egizak farzand dunyoga keldi. Bu haqda Sirdaryo viloyat sog`liqni saqlash boshqarmasi xabar berdi.

— Bu ular uchun unchalik ham oson bo`lmadi. Joriy yilning 21 fevral sanasida homiladorlikni 27-haftasida muddatdan oldingi tug`ruq xavfi tashxisi bilan viloyat perinatal markazining homiladorlar patologiyasi bo`limiga yotqizilib, chaqaloqlar tug`ilgunga qadar nazoratda ushlab turildi. Onaga oliy toifali akusher-genekolog Rukiya Akmurzaeva tomonidan malakali tibbiy xizmat ko`rsatilib, davolash muolajalari o`tkazildi. Olib borilgan davolash muolajalariga qaramay muddatidan oldingi tug`ruq sodir bo`ldi. Uch egizakning tug`ilishida markazning malakali mutaxassislaridan bo`lgan birinchi toifali akusher-genekolog Shaxlo Xojaeva, oliy toifali neonatolog Sayyora Abdullaevalarning xizmatlari katta bo`ldi, — deydi Sirdaryo viloyat perinatal markazi direktori Xanifa Zokirova.

Chaqaloqlarga Muhammad, Abdulloh, Sulaymon deb ism qo`yishdi. Muhammad 1.600 kilogramm, Abdulloh 1.854 kilogramm, Sulaymon 1.570 kilogramm vazn bilan tug`ildi.

Ularga oliy toifali neonatologlar Sayyora Abdullaeva, Feruza Axmedova hamda Nazokat Davlatovalar tomonidan davo muolajalari o`tkazildi. Ularning sog`ligi, o`sishi va rivojlanishi bilan bog`liq muammolar to`la to`kis bartaraf etilgach, Zilola Ravshanovaga uyiga chaqaloqlar bilan qaytish uchun ruxsat berildi.

Bunday quvonchli xabar o`tgan yilning avgust oyida ham Sirdaryoda kuzatilgandi. O`shanda ham, Shirin shahrida yashovchi Mamadalievalar olasida barvarakayiga uch nafar qizaloq tug`ilgan edi. Ularga ham mazkur markazning tajribali mutaxassislari tomonidan malakali tibbiy xizmat ko`rsatilgandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar