AsosiyJamiyat

«Toshkent metropoliteni» rahbariyati metro eshiklari ochiq holda harakatlangani uchun uzr so`radi

'«Toshkent metropoliteni» rahbariyati metro eshiklari ochiq holda harakatlangani uchun uzr so`radi'ning rasmi

«Toshkent metropoliteni» UK kecha Chilonzor yo`nalishidagi Pushkin va Buyuk ipak yo`li metro bekatlari oralig`ida vagonning eshigini yopmagan holda harakatlanish holati bo`yicha izoh berdi.

Faqat rus tilida e`lon qilingan xabarda aytilishicha, o`tkazilgan xizmat tekshiruvi natijasida elektr harakatlanuvchi tarkibning mashinisti, elektrik-chilangari va katta ustasi egallab turgan lavozimidan ozod qilingan.

Shuningdek, elektr bazasi boshlig`ining elektr harakatlanuvchi tarkibini ta`mirlash bo`yicha o`rinbosari ish haqining 40 foizi miqdorida jarimaga tortilgan.

O`tgan galgidan farqli o`laroq bu safar «O`zbekiston temir yo`llari» AJning Telegram-kanalida e`lon qilingan xabar so`nggida «Toshkent metropoliteni» UK rahbariyati mazkur voqea uchun uzr so`ragan.

Boshqa yangiliklar