AsosiyJamiyat

O`zbekiston tozalik vositalari bilan 100 foiz qamrab olingan 11 mamlakat qatorida

Tozalik, poklik inson salomatligini asraydi, atrofga ko`rk bag`ishlaydi. Bunday muhitni yaratishda kimyoviy yuvish vositalari muhim o`rin tutadi. Shu bois Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti aholining sanitariya vositalaridan foydalanish imkoniyatini o`rganib boradi.

2015 yilda o`tkazilgan ana shunday tadqiqot natijalariga ko`ra, dunyoda faqatgina o`n bir mamlakatda aholi tozalik vositalari bilan yuz foiz qamrab olingan ekan. Avstriya, Belgiya, AQSh, Italiya, Yaponiya kabi bu davlatlar orasida O`zbekiston ham bor. 

Zamonaviy gipermarket, supermarket, minimarket va boshqa savdo majmualariga kirgan har bir xaridor kimyoviy yuvish vositalari terib qo`yilgan rastalar oldidan befarq o`ta olmaydi. 

Zamonaviy dizayn asosida qadoqlangan mahsulotlar qadog`ining o`ziyoq ishlab chiqarish jarayonida qanchalik izlanish olib borilganini yaqqol ifoda etadi. Ularning qadog`iga mahsulotlardan foydalanish bo`yicha barcha tavsiyalar, xavfsizlik qoidalariga rioya etish tartiblari bitilgan. Ishlab chiqaruvchi haqida esa aniq ma`lumot olish mumkin.

    Boshqa yangiliklar