Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Vobkent tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, “Ermulkkadastr” davlat korxonasi Vobkent tuman filiali “Bir oyna” bo`limi boshlig`i J.G. fuqaro R. tomonidan “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion orqali sotib olgan 2,6 sotix er maydoniga hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga 300 AQSh dollar so`rab, shundan 100 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqda Prokuratura Departamenti xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan J.G.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergovga harakatlari o`tkazilmoqda.