AsosiyJamiyat

O`zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga bir qator yangi qoidalar kiritilmoqda

'O`zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga bir qator yangi qoidalar kiritilmoqda'ning rasmi

Fuqarolik kodeksiga qanday yangi qoidalar kiritilmoqda? AOKAda bo`lib o`tgan matbuot anjumanida javob berildi:

er uchastkasini faqat oldi-sotdi qilish orqali emas, balki qurilish qilish huquqi, uzufrukt (shaxsiy foydalanish va egalik qilish huquqi) kabi ashyoviy huquqlarning yangi turlari orqali iqtisodiy munosabatlarga kiritish qoidalarini joriy etish;

tadbirkorlik faoliyatining alohida turlarini yakka tadbirkor sifatida davlat ro`yxatidan o`tmasdan ham amalga oshirish qonun hujjatlari bilan nazarda tutilishi mumkinligi haqida qoida kiritish;  

qarz, topshiriq va boshqa bir qator keng tarqalgan munosabatlar uchun og`zaki shartnoma tuzilishiga imkon berish;

boy berilgan foyda, ma`naviy ziyonni hisoblash mezonlarini aniq belgilash;

sug`urta munosabatlarida mijozlar huquqlarini himoyasini kuchaytirish maqsadida sug`urta tashkilotini zararni qoplash majburiyatidan ozod qilish asoslarini kamaytirish;

fuqaroning tasviridan (fotosurat, videoyozuv va boshq.) uning roziligisiz foydalanilganda, uning shaxsiy va oilaviy hayoti to`g`risidagi har qanday axborot tarqatilganda fuqaroning himoyasini ta`minlash usullarini belgilash.  

Boshqa yangiliklar