Ayni paytda bo`lib o`tayotgan Samarqand viloyati Xalq deputatlari kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Prezident Shavkat Mirziyoev viloyatga kelish sababini ma`lum qildi, deya xabar qilmoqda “Darakchi” muxbiri.
“Samarqand xalqiga Ramazoni sharif muborak bo`lsin. Prezident nega aynan Samarqandga keldi dersiz. Biz shu ulug` ayyom kunlarida Samarqand uchun rejalar tuzamiz.Bu erda ulug` bobomiz Imom al-Buxoriy xotirasi bor. 600 ming hadisni piyoda yurib to`plagan. Uning merosini butun musulmon dunyosiga tarannum etsak arziydi. Bobomizga munosib maqbaralar, masjidlar qurishni boshlaganmiz. Bu erga kelgan mo`min-musulmonlarga sharoit yaratsak, ular ham yurtimizga kelganda bizni o`z bobolarimizga cheksiz hurmatimizni ko`rib bizga havas qilishsa, buyuk tarixli davlat ekanimizga, shu tarixni elga, ayniqsa, yoshlarga etkazishni istayotganimizga guvoh bo`ladi. O`zimizga ham bu ishlarimiz insof, diyonat, shukronalik hissiyotlarini beradi”, - dedi Prezident.
Mana shunday gaplar bilan boshlangan yig`ilishda davlat rahbari kecha tashrif buyurgan Imom al-Buxoriy ziyorat kompleksining qurilish jarayonlari bilan tanishish uchun kelganini aytdi.
Tafsilotlar bilan yig`ilishda ishtirok etayotgan "Darakchi" muxbiri Sardorbek Rahmonqulov yoritib boradi.
"darakchi.uz"ni kuzatib boring!