Ayni paytda bo`lib o`tayotgan Samarqand viloyati Xalq deputatlari kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Prezident Shavkat Mirziyoev hududlar rahbarlari faoliyati haqida gapirib, ularni xalqqa chin dildan xizmat qilish uchun mas`uliyatni o`z zimmasiga olishi zarurligini ta`kidladi.
- Avvallari viloyatda rahbar bo`lib ishlash juda og`ir edi. Bitta Paxtachi tumaniga boraman, desang, 10 litr benzin berardi. Oylikchi? Bitta tugul, yarimta galstukka etmasdi.
Hozir viloyat, tuman, shahar rahbarlari, davlat xizmatchilari uchun mashinasi, oyligi, uyiga qadar sharoitini qilib beryapmiz. Avvallari prokurorni rotasiya qilsa, uning na yashaydigan uyi, na sharoiti bo`lardi. Biz bu ishlarni pulimiz ko`payib ketgani uchun emas, o`sha paytlarda armon bo`lgani uchun, rahbarlar hozir xalqqa yaxshi xizmat qilishi uchun qilyapmiz.
Samarqandda 223 ming kishi chet elda yuribdi, 174 ming kishi ishsiz. Agar har bir tuman rahbarlarining vijdoni bo`lsa, kelib aytishi kerak. Shularning hayotini yaxshilash uchun oyligimning yarmini o`tkazaman deb. Hech bo`lmasa qaerda yuribdi u fuqaro, sharoiti qanaqa, oilasi qay ahvolda o`rganmaysizlar, hatto, qo`ng`iroq qilib ham qo`ymaysizlar, - dedi davlat rahbari viloyat mas`ullariga qarab.
Tafsilotlar haqida yig`ilishda ishtirok etayotgan "Darakchi" muxbiri Sardorbek Rahmonqulov ma`lum qilib boradi.
"darakchi.uz"ni kuzatib boring!
Mavzuga doir:
Prezident Samarqandga nega kelganini ma`lum qildi