O`zbekiston xalq artisti, Muqimiy nomidagi O`zbekiston davlat musiqali teatri direktori Azizov Mirza Mamadjonovich bugun 16 aprel kuni 58 yoshida vafot etdi.
Mirza Azizov yuksak darajadagi musiqali teatr aktyori sifatida “Yusuf va Zulayho”da Fir`avn, “Farhod va Shirin” da Bahrom, “Nodirabegim” musiqali dramasida Madalixon, “Alpomishning qaytishi” spektaklida Alpomish obrazlari orqali tomoshabinlar mehrini qozongan edi.
darakchi.uz jamoasi Mirza Azizovning oila-a`zolari va barcha yaqinlariga chuqur ta`ziya izhor qiladi.






