Toshkent shahrida chiqindilarni qayta ishlash va utillashtirish faoliyati bilan shug`ullanuvchi 66 ta korxonalar vakillari ishtirokida kengaytirilgan davra suhbati o`tkazildi.
Tadbir Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish qo`mitasi tomonidan tashkillashtirildi.
Toshkent shahrida chiqindilarni qayta ishlash va utillashtirish faoliyati bilan shug`ullanuvchi 66 ta korxonalar yilning har bir choragi yakuniga ko`ra o`zlari tomonidan qayta ishlangan chiqindilar hajmi to`g`risida maxsus shaklga muvofiq Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish qo`mitasiga ma`lumot taqdim etadi.
Ushbu korxonalar tomonidan topshirilgan hisobotlarga ko`ra 2015 yilning 12 oyida jami 190 804,96 tonna turli chiqindilar qayta ishlanib, iste`molga chiqarilgan bo`lsa, tarkibida simob toksik moddasi bo`lgan 404 613 dona energiyani tejovchi lampalar demerkurizasiya qilinib, 614 862,74 tonna maishiy chiqindilar maxsus poligonlarda zararsizlantirildi.