AsosiyJamiyat

Abror Muxtor Aliy ayollardan uzr so`radi. Islom sivilizasiyasi markazi aholini ogohlantirdi

'Abror Muxtor Aliy ayollardan uzr so`radi. Islom sivilizasiyasi markazi aholini ogohlantirdi'ning rasmi

O`zbekistondagi Islom sivilizasiyasi markazi matbuot xizmatida o`rindoshlik asosida faoliyat yurituvchi Abror Muxtor Aliy (Abror Abduazimov)ning ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan chiqishlarini muallifning shaxsiy qarashlari sifatida qabul qilinishini so`raydi. Bu haqda markazning veb-saytida xabar berilgan. 

"Texnik nuqtai nazardan ekspertizaga muhtoj va ko`rinishidan bayonotning bir qismi bo`lgan chiqishda aytilgan fikrlar ham diniy, ham dunyoviy tomondan keskin tanqidga loyiq",– deyiladi xabarda.

Matbuot xizmatiga ma`lum qilinishicha, Abror Muxtor Aliy o`z chiqishiga izoh bergan va ayollardan uzr so`ragan. Unga bundan buyon chiqishlari mavzuiga va mazmuniga alohida e`tibor berish tavsiya qilingan.

Ma`lumot uchun, avvalroq Abror Muxtor Aliy ijtimoiy tarmoqlardagi o`z sahifasida ayollarni uradigan erkaklarni yoqtirishini aytgan edi.

Boshqa yangiliklar