1

Sud qarorlari ustidan apellyasiya va kassasiya shikoyatlarini berish muddatlari o`zgartirildi

Jamiyat 19.04.2021, 13:50
Sud qarorlari ustidan apellyasiya va kassasiya shikoyatlarini berish muddatlari o`zgartirildi

AOKAda bo`lib o`tgan brifingda O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi axborot xizmati rahbari Aziz Obidov Ma`muriy sud ishlarini yuritish to`g`risidagi kodeksga kiritilgan o`zgartirishlar haqida ma`lumot berdi.

Xususan, ma`muriy ishlarni ko`rish bilan bog`liq quyidagi asosiy o`zgartish va qo`shimchalar kiritilmoqda:

  • ️ma`muriy va boshqa ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlarni ko`rishga ixtisoslashtirilgan Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida tumanlararo ma`muriy sudlar tashkil etilishi munosabati bilan tuman (shahar) ma`muriy sudlar tugatildi;

 

  • kassasiya instituti qayta isloh etilishi va nazorat instansiyasi tugatilishi munosabati bilan Ma`muriy sud ishlarini yuritish to`g`risidagi kodeksidagi nazorat instansiyasi bilan bog`liq moddalar va barcha qoidalar chiqarib tashlandi;

 

  • qonun talablariga javob beradigan, sud qarorlari ustidan Oliy sudga berilgan har qanday shikoyat (protest) to`g`ridan-to`g`ri Oliy sudning sudlov hay`ati tomonidan ko`rib chiqilishi belgilab qo`yildi;

 

  • yuqori turuvchi sudga murojaat qiluvchi shaxslarga qo`shimcha imkoniyatlar yaratish maqsadida, apellyasiya shikoyati (protesti) berish muddati yigirma kundan bir oyga, kassasiya shikoyati (protesti) berish muddati bir oydan bir yil muddatga o`zgartirildi.  

 

  • ilgari apellyasiya shikoyatini (protestini) berishning o`tkazib yuborilgan muddatini tiklash haqidagi iltimosnoma ikki oydan kechiktirmasdan berilishi mumkin edi. Yangi qonunda bunday cheklov chiqarib tashlandi va iltimosnoma taraflar tomonidan cheklanmagan muddatda berilishi mumkinligi belgilandi;

 

  • investorlar bilan ma`muriy organlar, fuqarolar o`zini o`zi boshqarish organlari va ular mansabdor shaxslarining investisiya shartnomasi shartlariga rioya qilinishi bilan bog`liq qarorlari va harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to`g`risidagi investisiyaviy nizolar, raqobatga oid ishlar ma`muriy sudlar tomonidan ko`rilishiga alohida urg`u berildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1