AsosiyJamiyat

Rossiyada avtohalokatga uchragan ikki fuqaro O`zbekistonga olib kelindi

'Rossiyada avtohalokatga uchragan ikki fuqaro O`zbekistonga olib kelindi'ning rasmi

Rossiya Federasiyasi Moskva va Ufa shaharlarida avtohalokatga uchrab, qiyin ahvolda qolgan Xorazm viloyatidan M.O hamda Toshkent viloyatidan A.H Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi hamda Xalqaro migrasiya tashkiloti hamkorligida Vatanga qaytarildi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xabar berdi.

Murakkab vaziyatda qolgan fuqarolarni Agentlik va XMTning mas`ul xodimlari aeroportda kutib oldi. Ushbu yurtdoshlarimizning yaqin qarindoshlari tomonidan minnatdorlik bildirildi.

    Boshqa yangiliklar