️Joriy yilning 19 aprel kuni soat 07:30larda, Samarqand viloyati, Samarqand shahar, Gagarin ko`chasida, haydovchi S.M. "Neksiya-3" rusumli avtomobilni boshqarayotib, yo`lning chap tomonidan o`ng tomoniga kesib o`tayotgan velosipedchi A.A.ni urib yuborib YTH sodir etgan.
️Natijada, velosipedchi 35 yoshli A.A. tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan. Tekshiruv davomida velosipedchining mastlik holatida bo`lganligi aniqlangan.
️Mazkur YTH yuzasidan Samarqand shahar IIO FMB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.






