AsosiyJamiyat

Koronavirus sabab Toshkentdagi yana bir universitetda nomuayyan muddatgacha masofaviy ta`lim beriladi

'Koronavirus sabab Toshkentdagi yana bir universitetda nomuayyan muddatgacha masofaviy ta`lim beriladi'ning rasmi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o`zbek tili va adabiyoti universitetining professor-o`qituvchilari, talabalari orasida koronavirusga chalinish holati aniqlanganligi sababli, 2021 yilning 19 apreldan universitetda o`quv jarayoni masofaviy shaklga o`tkazildi.

Avvalgi OTMlardan farqli o`laroq, mazkur universitetda masofaviy o`qish muddati nomuayyan muddatga, aniqrog`i epidemiologik vaziyat barqarorlashgunga qadar deb belgilangan.

Bungacha ba`zi OTMlarda koronavirusga chalinish holati aniqlanganda 14 kun muddatga masofaviy o`qish tartibiga o`tilgan edi.

    Boshqa yangiliklar