"Toshshahartransxizmat" AJ Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, 2021 yil 17 apreldan boshlab "18-Avtobus saroyi" MChJga biriktirilgan 53, 147, 121-sonli avtobus yo`nalishlari bo`yicha haftaning shanba va yakshanba kunlari uchun belgilangan jadvallar soniga ko`paytirishlar kiritildi.
Unga ko`ra jadvallar soni:
- 53-avtobus yo`nalishi - ish kuni 8 ta, shanba kuni 8 ta, yakshanba kuni 7(+1) ta;
- 121-avtobus yo`nalishi - ish kuni 11 ta, shanba kuni 11(+1) ta, yakshanba kuni 11(+1) ta;
- 147-avtobus yo`nalishi - ish kuni 12 ta, shanba kuni 12(+1) ta, yakshanba kuni 12(+1) ta etib belgilanganini ma`lum qilindi.






