1

Ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 239 nafar tarbiyalanuvchi eshitish apparatlariga muhtojligi ma`lum bo`ldi

Jamiyat 19.04.2021, 16:19
Teglar: eshitish apparatlar
Ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 239 nafar tarbiyalanuvchi eshitish apparatlariga muhtojligi ma`lum bo`ldi

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo`yicha vakili (ombudsman) matbuot xizmati xabar berishicha, Karmana tumanidagi kar va zaif eshituvchi bolalarga ta`lim tarbiya beruvchi 25-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internati binosi 1958 yilda qurilgan.

180 o`rinli o`quv binosi va 100 o`rinli yotoqxona binosining qurilishi 2021 yilda rejalashtirilgan, lekin qurilish ishlari xali xanuz boshlanmagan. Quvvati 250 o`ringa mo`ljallangan muassasada 257 nafar tarbiyalanuvchilar mavjud.

Maktabgacha ta`lim guruhida 18 nafar tarbiyalanuvchilar bor. Xabarda 2017-2020 yillar mabaynida 4 nafar bola inklyuziv ta`lim olish uchun yashash joyiga yuborilganligi aytilmoqda.

Maktab binosida sport zali yo`qligidan o`quvchilar sport bilan shug`ullanisha olishmaydi.

Achinarlisi, sinflarda stasionar ovoz kuchaytiruvchi moslamalarga ehtiyoj mavjud. 239 nafar tarbiyalanuvchi eshitish apparatlariga muhtojligi aytilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1