AsosiyJinoyat

O`zbekistonga kelgan nigeriyalik ingliz tili o`qituvchisiga nisbatan jinoyat ishi ochildi. Sabab...

'O`zbekistonga kelgan nigeriyalik ingliz tili o`qituvchisiga nisbatan jinoyat ishi ochildi. Sabab...'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasiga ingliz tili fani bo`yicha o`qitish maqsadida kelgan nigeriyalik 34 yoshli O.Innosent tanishi X.O. ni o`z uyida mehmon qilib, uning ichimlik suviga noma`lum modda qo`shib berib, sarxush holatga kelganidan foydalanib rasmga tushirgan va ushbu suratlarni “Telegram messenger” ijtimoiy tarmog`i orqali tarqatib yubormasligi evaziga 5 000 000 so`m pullarni talab qilgan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi. 

2021 yilning 14 aprel kuni Toshkent viloyati IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi, JQB va DXX xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, O.Innosent Toshkent shahar Yunusobod tumanida joylashgan “Shoxsaroy” to`yxonasi oldida X.O.dan 2 000 000 so`m pullarni tovlamachilik yo`li bilan olayotgan vaqtida qo`lga olingan. 

Mazkur holat yuzasidan Yangiyo`l shahar IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O.Innosentga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (Tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.  

Boshqa yangiliklar