Ijtimoiy tarmoqda "Farg`onada IIBga tegishli avtomobil haydovchisi qoidani buzdi" sarlavhasi ostidagi xabar tarqaldi.
Xabarda keltirilgan suratda "Neksiya-3" rusumli, 40 773 VSF davlat raqam belgili avtomobil haydovchisi yo`l harakati qoidalarining 31-bandi (svetoforning qizil ishorasi, shuningdek miltillovchi qizil ishorasi harakatlanishni taqiqlaydi)da belgilangan talablarni chetlab o`tganligi holati aks etgan.
Holat o`rganildi va "Neksiya-3" rusumli, 40 773 VSF davlat raqam belgili avtomobil biriktirilgan haydovchiga nisbatan BHMning 2 baravari, ya`ni 490.000 so`m miqdorida jarima jazosi belgilandi.
"Barcha haydovchilardan yo`l harakati qoidalariga rioya qilishlarini so`raymiz",–deyiladi YHXBB xabarida.






