1

Toshkentda karantin cheklovlari kuchaytirilgan kundayoq jamoat joylarida niqobsiz yurgan 773 kishi jarimaga tortildi

Jamiyat 19.04.2021, 20:38
Toshkentda karantin cheklovlari kuchaytirilgan kundayoq jamoat joylarida niqobsiz yurgan 773 kishi jarimaga tortildi

O`zbekistonda 18 apreldan karantin talablari kuchaytirilib, qoidabuzarlar qat`iy javobgarlikka tortilishi haqida xabar berilgan edi. 18 aprel kuni 773 kishiga nisbatan jamoat joylarda niqobsiz yurgani uchun bayonnomalar rasmiylashtirildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBBning ma`lumotlariga asoslanib, Daryo xabar berdi.

Shuningdek, o`rnatilgan cheklovlar haqida ogohlantirish yuzasidan 818 ta bayonnoma tuzilgan.

IIV matbuot xizmati shu kungacha ichki ishlar organlari xodimlari karantin qoidalarini buzgan fuqarolarga nisbatan asosan ogohlantirish bilan cheklanib kelganini, bundan buyon qoidabuzarlarga nisbatan qonuniy va qat`iy choralar ko`rilishini qayd etgan.

Eslatib o`tamiz, Ma`muriy javobgarik to`g`risidagi kodeksning 54-moddasiga asosan epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik choralari belgilangan.

Unga ko`ra, karantinli va inson uchun xavfli bo`lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo`lishi hamda tarqalishi sharoitida vakolatli organning maxsus talablariga zid ravishda jamoat joylarida niqobsiz bo`lish — bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravarigacha (1 million 225 ming so`mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1