1

Payariqdagi bank filiali xodimlari fermerlarning huquqlarini buzgani aniqlandi

Jamiyat 19.04.2021, 20:49
Payariqdagi bank filiali xodimlari fermerlarning huquqlarini buzgani aniqlandi

Payariq tumanida bank filiali tomonidan xususiy mulkdorlarning huquqlari buzilganligi aniqlandi. Bu haqda Bosh Prokuratura huzuridagi Departament ma`lum qildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Payariq tuman bo`limi tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, ATB “Agrobank” Chelak filiali boshqaruvchisi sobiq o`rinbosari B.N. va boshqalar tumandagi 14 ta fermer xo`jaliklarining xabardorligisiz ularning bank hisob raqamlaridagi jami 129,7 mln so`mni “S.” fermer xo`jaligi hisob raqamiga o`tkazib, uning bank oldidagi kredit qarzdorligini qoplashga yo`naltirib, fermer xo`jaliklari manfaatlariga juda ko`p miqdorda zarar etkazilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 192-1-moddasi (xususiy mulk huquqini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1